Rasmiy hujjatlar:
1. Texnik pasport (namuna)
SYM ishlab chiqaruvchisining texnik hujjati bo‘lib, unda dvigatel hajmi 49,5 sm³ ekanligi ko‘rsatilgan.
2. Foydalanuvchi qo‘llanmasi
SYM Orbit-50 skuterining ishlatish bo‘yicha rasmiy yo‘riqnomasi.
3. Yevropa muvofiqlik sertifikati (COC)
Mazkur hujjat SYM Orbit-50 modelining L1e toifasiga tegishliligini, va maksimal tezligi 25m/soatdan past bo‘lgan transport vositasi sifatida tasdiqlanganini ko‘rsatadi.
4. UZTEST Milliy Sertifikat markazi sertifikati
Ushbu sertifikat O‘zbekiston Milliy Sertifikat markazi (UZTEST) tomonidan berilgan bo‘lib, SYM Orbit-50 ni past tezlikdagi motorli transport vositasi sifatida tasdiqlaydi.
5. "Yo'l Harakati Qoidalari"dagi “moped” ta’rifi va SYM Orbit-50 ning toifasi
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA "Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari" 1-bob "Umumiy qoidalar" ning 6-xatboshida “moped” quyidagicha tariflanadi:
(Manbani ko'rish uchun rasmni bosing!)
Shuning uchun, 25 km/soatdan kam konstruktiv tezlikka ega bo‘lgan transport vositalari, jumladan SYM Orbit-50, bu ta’rifga kirmaydi va moped hisoblanmaydi.
Ular “past tezlikdagi shaxsiy mobil transport vositasi” yoki “mikromobil transport vositasi” sifatida tasniflanadi — ya’ni ro‘yxatdan o‘tish va haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.07.2024 yildagi 393-son
Mazkur qarorda davlat ro‘yxatidan o‘tish va haydovchilik guvohnomasi talab qilinadigan transport toifalari belgilangan. SYM Orbit-50 bu ro‘yxatga kirmaydi, chunki u 25 km/soatdan oshmaydigan va moped yoki mototsikl toifasiga kirmaydigan transport vositasidir.
7. "SYM Orbit-50 va SymphonyS-50 larga Haydovchilik Guvohnomasi va Davlat raqamlari bo'yicha" O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI YHXX ga murojaat xati
8. O'Z RES IIV JXD YHXXning SYM Orbit-50 va SymphonyS-50 larga "A" toifa Haydovchilik guvohnomasi va Davlat raqamlari kerak emasligi boyicha Rasmiy javob xati